Huquqiy hujjatlar
"O'zenergota'minlash" aksiyadorlik jamiyati o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi hamda quyidagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olib boradi:
Vazirlik Buyrug'i
O'zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining 1994-yil 22-yanvardagi 17-sonli buyrug'i asosida "O'zenergota'minlash" ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etilgan.
Davlat qo'mitasi qarori
Toshkent shahar Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat qo'mitasining 2003-yil 21-noyabrdagi 912-sonli buyrug'iga asosan korxona Ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan.
Aksiyadorlik jamiyatlari to'g'risidagi Qonun
2014-yil 6-maydagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni (yangi tahriri).
Energetika tarmog'ini rivojlantirish strategiyasi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi "O'zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog'ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi qarori.